Rasul Kusherboyev koronavirusga qarshi emlandi. U qaysi vaksinani tanladi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda deputat o‘zining Telegram’dagi sahifasida yozmoqda.

“Bugun ertalabdan to‘g‘ri Yangiyo‘l shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga borib, el qatori koronavirusga qarshi Xitoy-O‘zbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini oldim”, deb yozadi u.

Kusherboyevning yozishicha, koronavirusga qarshi emlanganidan so‘ng unda “hammasi joyida”.

O‘zbekiston bo‘yicha taniqli shaxslarning koronavirusga qarshi vaksina qabul qilish holati so‘nggi paytlarda ko‘paymoqda.  

Xususan, joriy yilning 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangandi

Shuningdek, 2 iyul kuni O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi.

Qolaversa, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev ham vaksina bilan emlandi. O‘zbekistondagi nisbatan taniqli amaldorning qaysi vaksina bilan emlangani Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

218

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing