Bosh vazir Abdulla Aripov qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
05 avgust 2021 16994 1 daqiqa
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan birinchilardan bo‘lib emlangan. Bu haqdagi ma’lumotni Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan 2021 yil boshida to‘liq emlanib bo‘lgan. Uch bosqichli emlanish jarayonining birortasidan so‘ng, hukumat rahbari nojo‘ya ta’sirlar sezmagan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ham koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan. Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev ham o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan.
Live
Barchasi