Bosh vazir Telegram, Instagram va Facebook’ni bloklagan mansabdorni ishdan oldi
Jamiyat
−
03 noyabr 2021
24125O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziring qaroriga asosan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ziyayev G‘olibsher Meliboyevich noto‘g‘ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi.
Avvalroq, Moy Mir, Odnoklassniki, Youtube, Facebook, Telegram, Instagram va Linkedln kabi messenjer va ijtimoiy tarmoqlar bloklangani haqida xabar bergan edik.
Oradan ko‘p o‘tmay, bu holat keskin norozilikka sabab bo‘lgach, Moy Mir, Odnoklassniki, Youtube, Facebook, Telegram, Instagram va Linkedln faoliyati qayta tiklandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berayotgan “Twitter”, “TikTok” “WeChat” “Skype” “VKontakte” kabi ijtimoiy tarmoqlar hamon blokda qolmoqda.
LiveBarchasi