Bosh vazir sudda ko‘rsatma berdi
Olam
−
04 aprel 2019
14577Kecha, 3 aprel kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan shahrining Shengavit ma’muriy tumaning umumiy yurisdiksiya sudiga keldi. Bu haqda Hukumat Matbuot xizmati xabar berdi.
Pashinyan “Vыxod” bloki a’zolari va Artur Ayvazyan o‘rtasida 2017 yilning 31 mart kuni sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha guvoh sifatida ko‘rsatma berdi.
Ko‘rsatma bergach, Bosh vazir Nikol Pashinyan jurnalistning nega sudga shaxsan kelishga qaror qilgani to‘g‘risidagi savoliga quyidagicha javob berdi:
“Bunga men qaror qildimmi? Fikrimcha, Armanistonning har bir fuqarosi tergovchi yoki sudyadan chaqiruv qog‘ozi olsa, sudga kelishi shart”.
Shuningdek, 1 mart ishi doirasida so‘roq qilingani to‘g‘risidagi savolga Nikol Pashinyan: “Albatta, shu qatorda bu sudda ham”, deb javob qaytardi.
LiveBarchasi