Bosh vazir samarqandlik tadbirkorlar dardini tingladi
Jamiyat
−
18 fevral 2021
8102O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 18 fevral kuni Samarqand shahrida bir guruh viloyat tadbirkorlari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh vazir kredit mablag‘larini olish, elektr energiya va gaz ta’minoti, eksport va importda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, erkin iqtisodiy zonalarda kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish singari 45 dan ortiq murojaatlarni qabul qildi.
Hokimlik xabariga ko‘ra, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi.
Bundan tashqari, qolgan masalalarni hal etish buyicha tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan.
LiveBarchasi