Bosh vazir Nazarboyevning janozasiga nega borganini tushuntirdi

Olam

image

Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov birinchi prezidentning ukasi Bolat Nazarboyevning dafn marosimida ishtirok etishini qozoq urf-odatlariga rioya qilgani bilan izohladi. Bu haqda u Senatdagi brifingda ma’lum qildi.

“Ajdodlarimizning qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lgan an’analari bor. Ulardan biri marhumning yaqinlari va qarindoshlariga hamdardlik bildirishdir. Shuning uchun men Bosh vazir sifatida Bolat Nazarboyevning dafn marosimida qatnashishni to‘g‘ri deb bildim”, deya tushuntirgan Smailov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, dafn marosimi kuni u shahar atrofida temiryo‘l qurilishi boshlanishida ishtirok etish uchun Olmaotaga borgan.

“Biz Olmaotada yirik va muhim loyiha – aylanma temiryo‘l qurilishini boshladik. Bu loyiha mamlakatning transport va tranzit salohiyatini oshiradi”, deydi Bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyev olamdan o‘tdi. U 70 yoshda edi. Birinchi prezident matbuot kotibi Bolat Nazarboyevning o‘limiga uzoq davom etgan kasallik sabab bo‘lganini aytdi. Dafn marosimida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov qatnashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Alixan Smailov Bolat Nazarboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing