Bosh vazir Lukashenko bilan uchrashuvga “velo” olib bordi (video)
Olam
−
07 fevral 7291 2 daqiqa
Kecha, 6 fevral kuni Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Vazirlar Kengashi bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida kutilmagan holat yuz berdi. Mamlakat Bosh vaziri Aleksandr Turchin Lukashenkoga tutunsiz tamaki mahsulotini uzatdi. Bu haqdagi video “Pul Pervogo” nashri tomonidan e’lon qilindi.
Videoda Prezident tamakining ta’siri haqida so‘raydi. Bosh vazir uning tarkibida nikotin borligi va “tinchlantiruvchi” ta’sirga ega ekanini aytadi. Lukashenko esa kinoya bilan bunday vosita rasmiy masalalarni muhokama qilishga halaqit berishini bildiradi. U tamaki mahsulotiga qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, uni bevosita iste’mol qilishdan qat’iy bosh tortgan.
“Shuni til ostiga qo‘yasanmi? Qiziq... Keyin nima, boshing aylanadimi?” degan Lukashenko.
Shuningdek, u ba’zida mast bo‘lib qolish istagi paydo bo‘lishi haqida hazillashgan.
“Ba’zida mast bo‘lib, boshim aylansa-yu, Grodno viloyati gubernatorining buzoqlari o‘lyapti degan gaplarini eshitmasam, degim keladi”, deydi Belarus rezidenti.
Shu bilan birga, yig‘ilishda prezident yoshlar orasida elektron sigaretalar tobora ommalashib borayotganidan xavotir bildirgan. U nikotin mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni cheklash, hatto ularni taqiqlash bo‘yicha takliflar ko‘payayotganini aytgan.
Xabarlarga ko‘ra, videoda tamaki bilan bog‘liq holat e’tiborni tortgan bo‘lsa-da, yig‘ilishdagi asosiy mavzu yoshlar salomatligini himoya qilish va nikotin mahsulotlarini tartibga solish masalasi bo‘lgan.
Jamshidbek Amirov
Live
Barchasi