Bosh vazir qo‘shiqchidan uzr so‘radi

Olam

image

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze xonanda Kayli Minoug haqida aytgan qo‘pol izohidan so‘ng uzr so‘radi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, uning hazilomuz podkastdagi javobi ayollar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va muxolifat vakillari tomonidan keskin tanqid qilingan. Podkast boshlovchisi Nikki Osborn Albanezedan avstraliyalik uch nafar mashhur ayoldan qaysi biriga uylanishi, qaysi biri bilan uchrashishi yoki yaqinlik qilishni tanlashini so‘ragan.

Dastlab Albaneze yaqinda uylanganini aytib, savolga javob berishdan bosh tortgan. Biroq boshlovchi “agar nikohingiz buzilsa-chi?” deya savolni yana takrorlaganida, u “Albatta, Kayli”, deb javob bergan. Shundan so‘ng Bosh vazirdan Kayli bilan yuqorida sanalgan ishlarning qay birini qilishi so‘ralganda, Albaneze “Hammasi”, deb javob qaytargan.

Bu so‘zlar ortidan muxolifat vakillari Bosh vazirni tanqid qilgan. Senator Sara Henderson bu izohlarni ayollarga nisbatan hurmatsizlik, avstraliyaliklar uchun uyatli holat va Bosh vazir lavozimi sha’niga dog‘ sifatida baholagan.

“Bu izohlarim uchun hech qanday shartsiz uzr so‘rayman”, degan Albaneze bugun, 7 iyul kuni tarqatgan bayonotida.

Taniqli avstraliyalik pop-xonanda, qo‘shiqchi va aktrisa Kayli Minoug vakili esa hozircha ushbu holat yuzasidan izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, Avstraliyada norasmiy muloqot madaniyati keng tarqalgan bo‘lib, siyosatchilar intervyular davomida sport va ommaviy madaniyatga oid noodatiy savollarga ham tez-tez javob berishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga nisbatan avval aytgan keskin so‘zlari uchun uzr so‘ragan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing