11 noyabrda insoniyat noyob astronomik hodisa guvohi bo‘ladi

Bu qiziq

image

Joriy yil 11 noyabr kuni nodir astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xabar berdi. Ta’kidlanishicha, hodisa Merkuriy tranziti, deb ham ataladi.

Tranzit Toshkent vaqti bilan 17:36 da boshlanib, 23:04 gacha davom etadi va Merkuriy sayyorasi Quyosh va Yer o‘rtasida bo‘ladi.

O‘zbekistonda bu vaqtda Quyosh botayotganini hisobga olsak, ushbu tranzitni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qisman kuzatish imkoni bor, xolos.

Shimoliy Amerika materigi hududida Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Yevropa qit’alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud.

Janubiy Amerika hududida joylashgan davlatlarda tranzitni to‘liq, ya’ni deyarli 6 soat kuzatish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday hodisa 100 yilda 13-14 marta kuzatiladi. So‘nggi bor 2016 yilda Merkuriy Quyosh gardishidan o‘tgan. Keyingi shunday hodisa 2032 yilda yuz beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Quyosh Merkuriy astronomiya

Baholaganlar

336

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing