Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul o‘rinbosari tayinlandi
Jamiyat
−
11 Sentabr
6452Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda bugun, 11 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
U har hafta kamida bitta tumanga borib, kambag‘al oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini o‘rganadi, kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qiladi.
Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuzilishi belgilandi. Ijtimoiy himoya agentligi direktori unga o‘rinbosar bo‘ladi.
Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuzilishi belgilandi. Ijtimoiy himoya agentligi direktori unga o‘rinbosar bo‘ladi.
“Bundan buyon Hukumatdan tortib tuman tashkilotigacha barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambag‘allik sharoitidan olib chiqishdan iborat”, dedi Prezident.
Viloyat va tuman komissiyalariga hokimlar boshchilik qiladi. Komissiya har bir viloyatda bittadan tumandagi ishlarni haftalik muhokama qilib, biriktirilgan rahbarlar faoliyatiga baho beradi. Joylarda ko‘tarilgan masalalarni zudlik bilan hal qilib boradi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha rejalar ijrosi yuzasidan har oyda prezidentga axborot kiritadi. Shuningdek, 9 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari ham ilmiy yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 3,5 million odamni daromadli qilish hisobiga 2023 yil yakuni bilan kambag‘allikni 11 foizga pasaytirishga erishilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi