Bosh prokurorga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
11 fevral 2020
10394O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida tizimdagi rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqdagi ma’lumotni Bosh prokuratura Matbuot kotibi tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri Abduhalim Xolmahmatov Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Shuhrat Uzoqov Bosh prokuror o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori etib tayinlangan. Shuhrat Uzoqov 2016 yil 26 avgustgacha ham xuddi shu lavozimda ishlagan edi. Shu kungacha Shuhrat Uzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi