Bosh prokuror o‘rinbosari va ikki boshqarma boshlig‘i hibsga olindi...mi?
Jamiyat
−
06 mart 2019
28249Xorijiy ommaviy axborot vositalarida joriy yilning 4 va 5 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining bir nechta yuqori lavozimli amaldori hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Unga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 5 mart kuni Bosh prokuror o‘rinbosari G‘ayrat Hidoyatov va Prokurorning ma’muriy sud ishlarini yuritishda vakolatlarini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Ikrom Iskanov ushlangan.
4 mart kuni esa O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasining boshlig‘i Shohmuhammadbek Muhamedjanov va Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari Yorqin Abdullayev hibsga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 4 va 5 martda yuz bergan hibsga olishlar haqida “bunday ma’lumot mavjud emas” javob qaytargani ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, ushlangan shaxslar O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 205-moddasi (“Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish”) bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi figuranti hisoblanadi. Biroq hozircha Prokuratura tizimidagi amaldorlarning hibsga olinishi va jinoiy ish haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.
LiveBarchasi