Bosh prokuror sohalardagi korrupsiya holatlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda
Jamiyat
−
07 noyabr 2020
6577Bugun, 7 noyabr kuni Bosh prokuraturada Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart - sharoitlariga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilish boshlandi.
Ma’lum qilinishicha, videoselektor tarzida o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Hukumat a’zolari, Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi vakillari, tegishli vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va mas’ul xodimlari qatnashmoqda.
Mazkur yig‘ilishda joylardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar, tuman-shahar hokimlari, prokurorlari, tegishli vazirlik
va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hududiy tuzilmalari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi