Bosh prokuraturaning fuqarolar qabulxonasi oldida odamlar piket uyushtirdi

Jamiyat

image

Kecha, 18 oktyabr kuni Bosh prokuraturaning fuqarolar qabulxonasi oldida bir guruh fuqarolar yig‘ilib piket uyushtirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Piketga ularning A.Meng va A.Molotyagin boshchiligidagi “International Consulting Group” platformasiga sarmoya kiritgani va firibgarlik harakatlari oqibatida moddiy zarar ko‘rganliklari sabab qilib keltirilgan. Ushbu tadbirda ishtirok etgan fuqarolardan jami 33 ta murojaat qabul qilingan. 

Qayd etilishicha, A.Meng va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida. 

“Fuqarolar tomonidan berilgan murojaatlar jinoyat ishiga qo‘shib o‘z vaqtida va ob’ektiv ko‘rilishi Bosh prokuratura nazoratiga olingan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

611

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing