Bosh prokuraturada yashirin iqtisodiyot bo‘yicha boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi

Jamiyat

image

Bosh prokuraturada yashirin iqtisodiyot bo‘yicha alohida boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tashkil qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Hozirda yashirin iqtisodiyot va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan 14 ta organ tarqoq holda shug‘ullanmoqda. Ularning faoliyatini muvofiqlashtiradigan yaxlit ish tizimi yo‘q.

Shuning uchun yashirin iqtisodiyot bilan kurashish yangi pog‘onaga olib chiqiladi. Shu maqsadda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi.

Shu paytgacha Departamentning tergov yuritish vakolati bo‘lmagani va qonunlarda juda ko‘p huquqiy kolliziyalar mavjudligi sababli samarali ishlay olmagan. Misol uchun, hozirgi kunda “obnal firma”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish olti oygacha vaqt oladi. Bu davrda qo‘shtirnoq ichidagi uddaburonlar barcha noqonuniy ishlarini yakunlashga ulguradi.

Shularni hisobga olib, Departament chuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va o‘zi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning o‘zida Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ladi.

Departamentga eng zamonaviy axborot tizimlari, maxsus vositalar olib beriladi, iqtisodiy sohalar va chet tillarini mukammal biladigan, fidoyi va vatanparvar mutaxassislar tanlab olinadi. 

Departament huzurida Ilmiy-tahliliy va o‘quv markazi ochiladi. Markaz yashirin iqtisodiyotga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlab, ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqadi, tizim xodimlarini iqtisodiy jinoyatlarni aniqlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitadi.

Shu bilan birga, Bosh prokuraturada ham yashirin iqtisodiyot bo‘yicha alohida boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tashkil qilinadi.

Departament 5 ta muhim yo‘nalish: qurilish, farmatsevtika, alkogol va tamaki, noqonuniy import, naqdlashtirish va kapitalni noqonuniy chetga olib chiqish borasida keskin o‘zgarish qilish shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura yashirin iqtisodiyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing