Bosh prokuratura jurnalistning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atmaslik haqidagi qarorni o‘rganmoqda
3-sahifa
−
01 iyul
119352023 yilning sentyabr oyida Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida vafot etgan “Dunyo bo‘ylab” telekanali jurnalisti Ramina Yagafarovaning o‘lim holati yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish natijalaridan norozi ekanligi haqidagi fuqaro Diana Irtuganova (Yagafarova)ning yozma va videomurojaatlari o‘rganilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 13 sentyabr kuni jurnalistning vafot etganligi holati yuzasidan OAV vakillarining so‘roviga javoban dastabki ma’lumotlar asosida tayyorlangan tezkor rasmiy izoh taqdim etilgan. Unda 14 sentyabr kungi dastlabki tibbiy ma’lumotnomaga asoslanib, marhumaning o‘limi dori-darmonlarga allergik reaksiya (levofloksatsin), miya va o‘pkaning o‘tkir shishishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, anafilaktik shok oqibatida yuzaga kelganligi ko‘rsatilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining 2023 yilning 1 noyabrdagi yakuniy xulosasida esa marhuma R.Yagofarovaning o‘limi-yuqori nafas yo‘llarini qusuq massalari bilan berkilishi oqibatida mexanik asfiksiya-aspiratsion sindromdan yuz berganligi qayd etilgan.
Keltirilishicha, Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish natijasiga ko‘ra, R.Yagafarovaning vafot etganligi holatida jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.
“Hozirda Diana Irtuganovaning murojaatlarida keltirilgan vajlar asosida Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan qabul qilingan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarori nazorat tartibida o‘rganilmoqda”, deyilgan xabarda.
LiveBarchasi