Bosh prokuratura va Adliya vazirligi multimedia markazlari MTRKga o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi va Adliya vazirligi qoshidagi Axborot-tahlil multimedia markazi qaytadan tashkil etildi. Mazkur xabarni QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati tasdiqladi.

Har ikki idoraning Axborot-tahlil multimedia markazi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiritilmoqda.

“Multimedia-tahlil markazi MTRK tarkibiga o‘tkazildi. Bundan maqsad Bosh prokuratura va Adliya vazirligining axborot-tahlili borasidagi yutuqlarini MTRK huzurida birlashtirish va faollashtirish”, dedi Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova.

Bosh prokuratura huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazi o‘tgan yili yanvarda, Adliya vazirligi huzurida axborot-tahlil multimedia markazi esa 2019 yilning 1 fevral kuni rasman ish boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Adliya vazirligi MTRK

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing