Bosh prokuratura nega sukut saqlayapti? Deputat G‘aniyev masalasida izoh talab qildi

Jamiyat

image

Bugun, 15 dekabr kuni “Demokratik debat”ning navbatdagi sonida ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirgan va Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga tegishli ekani iddao qilinayotgan audio masalasi ko‘tarildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev prokuraturadan ushbu masalaga oydinlik kiritish va huquqiy baho berishni so‘radi.

“Biz bu bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan Bosh prokuratura huquqiy baho berishini so‘raymiz. Umid qilamizki, ular vaziyat yuzasidan aniq huquqiy baho beradi va tegishli javobgarlik masalasini kerak bo‘lsa kun tartibiga olib chiqadi hamda jamoatchilikni uning natijasidan xabardor qiladi”, dedi Kusherboyev.

Deputat Shuhrat G‘aniyevga nisbatan qanday chora ko‘rilishi masalasida o‘z fikrini bildirib, Qonun oldida hamma tengligini eslatib o‘tdi.

“Nima bilan qutulishi-qutulmasligini hozir ayta olmayman, chunki bu bizning vakolatimizdagi ish emas. Lekin biz umid qilamiz va talab qilamizki, jamoatchilik fikrini hisobga olib, hech kim bunaqa darajada bosim o‘tkazish va qo‘rqitishga haqli emas. Jumladan, hokimlar ham.

Qonunlar hamma uchun barobar va xalqning irodasi bilan qabul qilingan. Qonunlarga oyoq qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q. Marhamat qilib javob berishi shart”, dedi deputat.

Ta’kidlsh joizki, ushbu audio yuzasidan hozircha hech bir huquq-tartibot organi lom-mim demadi.

Bir blogerning janozasi o‘qilishi kerakligi aytilgan audio bo‘yicha Farg‘ona viloyati hokimligi munosabat bildirdi va ovoz Shuhrat G‘aniyevga tegishli emasligini iddao qildi. Hokimlik bu audioni “pranker”lar tayyorlaganini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev Shuhrat G'aniev

Baholaganlar

499

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing