Bosh prokuratura Matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
05 iyul 2019
5168O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limiga yangi boshliq tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Hayot Ne’matovich Shamsutdinov Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Hayot Shamsutdinov bu lavozimda Surayyo Rahmonovaning o‘rnini to‘ldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Surayyo Rahmonova joriy yilning 3 iyul kuni prokuraturada egallab turgan lavozimini tark etdi. Endilikda u Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘laroq faoliyat yuritadi.
LiveBarchasi