Prokuratura deputatlikka nomzodlarga tahdid qilingani bo‘yicha tekshiruv boshladi
Jamiyat
−
25 dekabr 2019
6031Xabaringiz bor, joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar o‘tkazildi. Saylov o‘tib bo‘lganidan keyin esa turli hududlarda noqonuniy harakatlar bo‘lgani haqida xabarlar yangrab turibdi.
Shundan holatlardan biri Xorazmda yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Urganch shahar kengashiga saylovlarda ishtirok etgan nomzodlar Sherzod Sharipov va Qahramon Adambayevga nisbatan nomzodlikdan kechish bo‘yicha tazyiq bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi va tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.
“Bosh prokuratura tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarga tahdid va tazyiq o‘tkazish orqali ularning o‘z nomzodini olib tashlashga majburlanayotganligi haqidagi xabar tekshirilmoqda”, deyiladi bayonotda.
Tekshirish natijasi bo‘yicha xabar qilinadi.
LiveBarchasi