Chilonzorlik buvi va nabiraning o‘limiga “tarakan dori” sabab bo‘lishi mumkin – Bosh prokuratura
Jamiyat
−
09 iyun 2019
7892Avvalroq, Toshkent shahar Chilonzor tumanining 19-dahasidagi uydan 77 yoshli ayol va 28 yoshli yigitning jasadi topilgani haqida xabar bergan edik.
Kecha,8 iyun kuni soat 20:00da Toshkent shahar IIBB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat taxminan 19:30larda Chilonzor tumani, 19-dahasi, 48-uy xonadonida yashagan fuqaro M.Sh. (1942 y.t. ayol kishi) va uning nabirasi T.M. (1991 y.t. erkak kishi)larni murdalari o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi va sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu xonadonda joriy yilning 6 iyun kuni hasharot (tarakan va h.k.)larga qarshi sanitariya ishlov berilganligi ma’lum bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining 8 iyun kunidagi yildagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.Sh. va T.M.ning o‘limi – "noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish" natijasida yuz berganligi, ularning tanasida boshqa biror-bir tan jarohatlari mavjud emasligi aniqlangan.
Voqea joyiga Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari, Chilonzor tuman prokurori, tuman IIO FMB boshligi va tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.
Hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, u yerdan ashyoviy dalillar olinib, tegishli ekspertizalar tayinlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi