Bosh prokuratura: Blogerlik faoliyati prokuratura himoyasida

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mutasaddilari ishtirokida "2019 yilning dastlabki 5 oyi mobaynida prokuratura organlari faoliyati" mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda jurnalistlar tomonidan coliq organlari tomonidan bloger Ashurboyev Azizbek Abdukarimovichning telefoni hamda uning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi olib qo‘yilganligi holati yuzasidan ham savol berildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev mazkur masala yuzasidan fikr bildirib, ushbu holat Bosh prokuraturaning alohida nazoratiga olinganligi, bugungi kunda Departament tomonidan davlat idoralari xodimlarining bloger Aziz Ashurboyevga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar tekshiruv tayinlanganligi haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev bugungi Xalqaro blogerlar kuni munosabati bilan yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha blogerlarni mazkur sana munosabati bilan tabrikladi.

Shu o‘rinda Bosh prokuratura O‘zbekiston blogerlarini doimo qo‘llab-quvvatlashi va ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura bloger

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing