Bosh prokuratura blogerga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ma’lumot berdi
Jamiyat
−
03 dekabr 2020
9566Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik bloger Otabek Nuritdinovga nisbatan asossiz jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Shunga ko‘ra, Andijon viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan mazkur jinoyat ishi nazorat tartibida o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, 2020 yil oktyabr oyida Abdufatto Nuritdinov “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida mavjud bo‘lgan “Otabek Nuritdinov” nomli sahifasida fuqaro G.Mirzayevani “Ma’naviy buzuq ayol” va shu kabi so‘zlar bilan haqoratlaganligi bo‘yicha 20 noyabr kuni Andijon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Biroq, jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi qarorni qabul qilishda jinoyat protsessual qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilinmaganligi aniqlangan.
Shu sababli, Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi (Aybsizlik prezumpsiyasi) 3-qismiga muvofiq A.Nuritdinovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilingan.
LiveBarchasi