Andijondagi portlashda voyaga yetmagan bola jarohatlandi – BP
3-sahifa
−
13 mart 2021
6504Avvalroq, Andijon shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz va havo aralashmasi natijasida portlash sodir bo‘lganligi haqida xabar bergan edik. Mazkur hodisa yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 12 mart kuni soat 17:22 larda Andijon shahar “1-son” MFY, 2-kichik daha, Furqat ko‘chasi, 24-uy 9-xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Oqibatda, xonadonda bo‘lgan ayol va voyaga yetmagan qiz tana kuyishi hamda qo‘shni xonadonda yashovchi voyaga yetmagan bola chaqnash to‘lqinidan yiqilib, ko‘krak qismidan tan-jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Jabrlanganlarning olgan tan-jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Mutaxassislar tomonidan chaqnash sabablari, shuningdek keltirilgan zararlarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi