Bosh mavzusi korrupsiya bo‘lgan multserial ishlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bosh mavzusi korrupsiya bo‘lgan “Dino va Zavr” multseriali ishlanadi. Buyurtmachi “O‘zbekkino” Milliy agentligi bo‘lib, animatsion serial “Futurist MG” studiyasi tomonidan tayyorlanadi.

Ushbu multfilmda “korrupsiya” bosh mavzu qilib olingan bo‘lib, voqealar rivoji keksa boboning tilidan hikoya qilinadi. Asosiy qahramonlar esa dinozavrlar oilasiga mansub Dino va Zavr ismli personajlar. Qahramonlardan biri Dino animatsion serial davomida poraxo‘r rolida gavdalanadi. “Dino va Zavr” multserialining har bir qismi kichik tomoshabin uchun ibrat bo‘la oladigan yakun bilan tugallanadi.

Multserial 10 qismdan iborat bo‘lib, 3-10 yoshli bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya mul'tserial

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing