Borrel YeI mamlakatlari sanoatini harbiylashtirishga chaqirdi

Olam

image

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi mamlakatlari sanoatini harbiylashtirishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 19 fevral kuni Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida aytib o‘tdi.

"Biz Ukrainaga harbiy texnika yetkazib berishni tezlashtirishimiz kerak. Ukraina o‘q-dorilar bo‘yicha og‘ir ahvolda, bu muammo bir necha hafta ichida hal qilinishi kerak. Buni o‘q-dorilarni birgalikda xarid qilish yo‘li bilan hal qilib bo‘lmaydi, chunki har qanday buyurtmalar endi yakuniga yetadi. Biz o‘zimizda mavjud bo‘lgan narsalardan foydalanishimiz kerak", deydi Borrel.

O‘rta muddatli istiqbolda Borrel Yevropada qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni keskin oshirish uchun sanoatga texnologik blitskrig (qisqa muddatli urush rejasi, bunda dushman o‘zining asosiy harbiy kuchlarini safarbar etishi va joylashtirishi mumkin) kerakligi aytgan.

"Bizning sanoatimizga texnologik blitskrig kerak. Bu o‘rta muddatli istiqbolda o‘q-dorilar va qurollarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun zarur”, deydi Borrel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin ikki yil ichida Yevropa Ittifoqi davlatlari mudofaa uchun qo‘shimcha 70 milliard yevro sarflashni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, Fransiya mudofaa xarajatlarini 40 foizga, Polsha esa ikki barobarga oshiradi.

Borrel uzoq muddatli istiqbolda Yevropa Ittifoqi davlatlarini Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari bilan jadal ishlashga chaqirib, bugungi kunda ularda G‘arbga nisbatan chuqur ishonchsizlik borligini tan olgan.

“Biz nafaqat siyosiy, iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarimizni yaqin qo‘shnimizga qaratishimiz kerak balki global o‘yinchi bo‘lib qolishimiz kerak. Biz Rossiya yoki Lotin Amerikasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mustamlakachilikdan keyingi his-tuyg‘ularga asoslangan G‘arbning Afrikadagi chuqur ishonchsizligiga javob berishimiz kerak. YeI yaxshi umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilayotganini isbotlashi kerak”, deydi Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Borrel' harbiylashtirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing