Borrel Markaziy Osiyoga Rossiyani chetlab o‘tishni taklif qildi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni, jumladan, Rossiyani chetlab o‘tuvchi yangi transport yo‘laklarini qurish orqali kengaytirish niyatida. Bu haqda kecha, 20 noyabr kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoda muhim rol o‘ynashda davom etmoqda. Shu bilan birga, ushbu mintaqa davlatlari Yevropa Ittifoqini eng munosib hamkor deb hisoblagan holda savdo va tashqi siyosat aloqalarini diversifikatsiya qilishga intilmoqda. Yevropa Ittifoqi, o‘z navbatida, bu o‘zgarishlardan foydalanishdan manfaatdor. 

“Biz mintaqa bilan aloqalarni chuqurlashtirishimiz, uning energiya ta’minoti, muhim xom ashyo yetkazib berish va Rossiyadan mustaqil bo‘lgan yangi transport yo‘laklarida namoyon bo‘ladigan ulkan salohiyatidan foydalanishimiz kerak”, deb yozadi Yevropa diplomatiyasi rahbari o‘z blogida. 

Gap Borrelning Qozog‘istonga yaqindagi tashrifi chog‘ida uning rivojlanishi muhokama qilingan Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi haqida bormoqda. 

Uning qayd etishicha, YeI allaqachon Markaziy Osiyoning asosiy savdo va sarmoyaviy sheriklaridan biri hisoblanadi.  

“So‘nggi o‘n yil ichida YeI mintaqaga 100 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritdi va bu bizni Rossiya va Xitoydan ancha oldinda bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bo‘yicha eng yirik manbaga aylantirdi”, deya qo‘shimcha qildi u.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jozep Borrel'

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing