Borrel Gruziyaga YeI “eshigi yopilishini” aytdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Gruziya uchun YeIga “eshikni yopadi”, agar bu davlat hukumati siyosatini davom ettirsa. Bu haqda Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining Lyuksemburgdagi uchrashuvi boshlanishidan oldin so‘z ochdi.

“Yevropa Ittifoqiga yo‘l Gruziya xalqi uchun ochiq. Ammo, agar hukumat o‘z ishini davom ettirsa, bu yo‘l yopiladi. Bugun Yevropa Ittifoqi davlatlari hech qanday aniq qarorlar qabul qilmayapti, biz vaziyat va mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarni muhokama qilish haqida gapiryapmiz. Ammo Yevropa tinchlik jamg‘armasining moliyaviy yordami, yuqori siyosiy darajadagi aloqalar va moliyaviy yordam tez orada cheklanishi mumkin”, deydi Borrel.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday choralar “aholiga ta’sir qilmasligi kerak”.

Ma’lumot o‘rnida, Gruziya o‘tgan yilning dekabr oyida nomzod maqomiga ega bo‘lgan, biroq Yevropa Ittifoqi rasmiylari Gruziya qo‘shilishdan oldin bajarishi kerak bo‘lgan ba’zi muhim islohotlarni amalga oshirishni kechiktirayotganligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Gruziya parlamenti raisi Shalva Papuashvili mamlakat Prezidenti, G‘arb elitasi va namoyishchilarning keskin qarshiliklariga qaramay, “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonunni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Evropa Ittifoqi Jozep Borrel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made