Gruziya parlamenti spikeri Prezident veto qo‘ygan qonunni imzoladi
Olam
−
03 iyun
3847Gruziya parlamenti raisi Shalva Papuashvili “Xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi va u kuchga kirdi. Bu haqda Papuashvilining o‘zi bugun, 3 iyun kuni brifingda ma’lum qildi.
“Bugun men “Xorijiy ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladim. Ushbu qonunning maqsadi tashqi aralashuvga nisbatan Gruziyaning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarini mustahkamlashdan iborat”, deydi Papuashvili.
Avvalroq Gruziya parlamenti bahsli “Chet el ta’sirining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunni uchinchi va yakuniy o‘qishda qabul qilgan edi.
Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili qonun loyihasiga veto qo‘ydi. Davlat rahbari, xususan, qonun kuchga kirganining ertasigayoq darhol bekor qilinishini talab qildi.
Qonun loyihasida xorijdan moliyalashtirilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarini maxsus reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning yillik deklaratsiya to‘ldirish majburiyatini nazarda tutadi.
Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi tashabbusi bilan qabul qilingan qonun loyihasi mamlakatda ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi.
LiveBarchasi