Borrel ham Isroilga boradi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi diplomatik xizmati rahbari Jozep Borrel 16 noyabr kuni birdamlik tashrifi sifatida Isroilga boradi. Bu haqda “Yediot Ahronot” gazetasi xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Borrel Isroil Prezidenti Isxaak Gersog va Tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, Yevropa diplomatiyasi rahbari G‘azo sektoriga tashrif buyurishi, shuningdek, HAMAS tomonidan anklavda garovga olingan isroilliklarning oilalari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, o‘tgan yili Isroil rasmiylari Borrel bir necha bor tashrif buyurish uchun ruxsat so‘raganiga qaramay, uni mamlakatga kiritishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi fonida AQSH Prezidenti Jo Bayden, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak, Germaniya kansleri Olaf Shols, Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni kabi yetakchilar birdamlik tashrifi bilan Isroilga borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Isroil Jozep Borrel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing