Bayden ortidan Sunak ham Isroilga bordi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Isroilga bordi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Qayd etilishicha, u tashrifi davomida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Prezident Isaak Gersog bilan uchrashadi. Shuningdek, u mamlakatning turli shaharlariga safar qiladi.

Sunak HAMASning Isroilga uyushtirgan hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar uchun hamdardlik bildirgan va mintaqada mojaroning yanada avj olishidan ogohlantirgan.

“Har bir tinch aholi o‘limi fojiadir”, degan Sunak tashrifi oldidan bergan bayonotida.

Shuningdek, Sunak G‘azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan hujumni mintaqa va butun dunyo yetakchilari mojaroning yanada fojiali tus olmasligi uchun birlashishiga "signal", deb atagan.

Britaniya Bosh vaziri mamlakatning falastinliklarga ko‘rsatayotgan gumanitar yordami uchdan biriga – qo‘shimcha 10 million funt sterling (12 million dollar) ga ko‘payishini e’lon qilgan.

Sunakning tashrifi AQSH Prezidenti Jo Baydenning Isroilga tashrifi ortidan sodir bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Isroilga borgandi. U Ammanda Iordaniya qiroli Abdulla II, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan birgalikda to‘rt tomonlama uchrashuv o‘tkazishi kerak edi. Biroq G‘azodagi shifoxonaga qilingan hujumdan so‘ng Bayden Iordaniyaga safarini bekor qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Isroil Rishi Sunak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing