“Bormi og‘riq?”. Qo‘qonlik tabib faoliyatida qonun buzilishi aniqlandi

3-sahifa

image

Farg‘onalik tabib I.S.ning O‘zbekiston xalq tabobati Assotsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnoma muddati tugaganiga qaramay, noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, “Bio nur” klinikasi sohibi sifatida tanilgan I.S.ning faoliyati qonuniyligi o‘rganilgan. Shu paytda uning 2020 yilning 5 avgust kuni soliq organlaridan “Xalq tabobati” faoliyat turi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgani hamda O‘zbekiston xalq tabobati Assotsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnoma muddati 2024 yilning 12 dekabr kuni tugagani aniqlangan.

Unga nisbatan Qo‘qon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga yuborilgan. Tabibga nisbatan sud tomonidan 2025 yilning 10 yanvar kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59⁵-moddasi (xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 1-qismi bilan 7 mln 500 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, uning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lgani inobatga olinib, IIO xodimlari tomonidan rasmiy ogohlantirilgan.

Biroq I.S. takroran o‘z faoliyatini davom ettirib, videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab kelgani aniqlanib, joriy yilning 27 noyabr kuni Qo‘qon shahar IIB tomonidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59⁵-moddasi 3-qismi (xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda tegishli tartibda sud organiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qonlik tabib Bio nur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing