Qo‘qonlik tabib Ozarbayjonda qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Ozarbayjonning Baku shahridagi BI ES VIP klinikasida xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchi Iqbol Soliyev qo‘lga olindi. Bu haqda “Global Info” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Soliyev klinikada bemorlarni noqonuniy davolagan. Shu paytda klinikada katta navbat va tartibsizliklar yuzaga kelgan. Soliyev bioenergiya yoki energiya terapiyasi bilan shug‘ullanishini bildirgan va har bir bemorni 60 manatdan (400 ming so‘m) davolagan.

Klinika ma’lumotiga ko‘ra, Iqbol Soliyev ushbu tibbiyot muassasasining xodimi emas. Shunday bo‘lsa ham, u ikki kunlik qabul o‘tkazib, keyin klinikadan ketgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqbol Soliyev viloyat sudining qarori bilan 10 sutkaga qamalgan edi. 30 dekabr kuni u o‘zining Instagram sahifasi orqali ozodlikka chiqqanini ma’lum qilgan va ijtimoiy tarmoqlarda tabobat sohasida faoliyat olib borish uchun rasmiy ruxsati yo‘qligi haqida xabarlarni qat’iyan rad etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Qo'qonlik tabib BI ES VIP

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing