Boris Jonson shifoxonadan chiqarildi

Olam

image

Bugun, 12 aprel kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson shifoxonadan chiqdi. Bu haqda Bosh vazir ofisi Dauning strit ma’lum qildi.

Koronavirus yuqtirib olgan Boris Jonson joriy yilning 5 aprel kuni ahvoli yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizilgandi. Jonson ma’lum muddat intensiv terapiya bo‘limida ham davolandi. Unda virus 27 mart kuni aniqlangandi, biroq u shifoxonaga yotqizilmay, uyda nazoratga olingandi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Boris Jonson shifoxonadan chiqarilgan bo‘lsada zudlik bilan ishga qaytmaydi. Hozirda uning vazifasini vaqtincha Tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bajaryapti.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniyada 79 885 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 9892 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boris Jonson koronavirus

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing