Boris Jonson intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazildi. Uning ahvoli og‘ir

Olam

image
Buyuk Britaniya Bosh vazirining holati haqida yangi ma’lumotlar berildi north_east

Buyuk Britaniya Bosh vazirining holati haqida yangi ma’lumotlar berildi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning ahvoli og‘irlashdi. Bu haqda hukumat devonxonasi vakili ma’lum qildi.

“Shifokorlar maslahatiga ko‘ra, uni intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazishdi. Bosh vazir barcha yordamni olyapti va milliy sog‘liqni saqlash tizimiga minnatdorlik bildiryapti”, degan hukumat vakili.

Jonson sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Tashqi ishlar vaziri Dominik Raabdan vaqtincha uning vazifasini bajarib turishni so‘ragan.

ITV telekanalinig siyosat bo‘limi muharriri Robert Pestonning so‘zlariga ko‘ra, Jonson hushida, biroq nafas olishi osonlashishi uchun sun’iy nafas olish uskunasiga ulangan. 

Buyuk Britaniya Bosh vaziri koronavirusga chalingani 27 mart kuni ma’lum bo‘lgandi. O‘sha kundan boshlab o‘zini izolyatsiya qilgan, biroq ishlashda davom etgan. 3 aprel kuni videomurojaatda Boris Jonson tana harorati tushmayotganini aytgan.

5 aprel kuni Jonson Londondagi shifoxonaga yotqizilgan. Bosh vazir 10 kun davomida COVID-19 alomatlari kuzatilgani uchun shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada 52 279 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 5385 nafari vafot etgan va 287 nafari davolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Boris Jonson koronavirus

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing