Buyuk Britaniya Bosh vazirining holati haqida yangi ma’lumotlar berildi
Olam
−
06 aprel 2020
9906Avvalroq, Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ahvoli yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizilgani haqida ma’lum qilgan edik.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning vakili OAVda paydo bo‘lgan “siyosatchini o‘pkaga sun’iy nafas berish apparatiga ulashgani” haqidagi xabarlarni noto‘g‘ri ekanligini ta’kidladi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
"Hukumat noto‘g‘ri ma’lumot va soxta mish-mishlarning tarqalishini to‘xtatish uchun ijtimoiy tarmoqlar operatorlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda", deya ma’lum qilgan Jonsonning vakili.
U, shuningdek, Jonsonda koronavirus alomatlari saqlanib turganini, shu sabab shifoxonada qolishini aytib o‘tgan.
Britaniya hukumati axborotida aytilishicha, uni ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yuborishgan. Chunki Jonsonda virus aniqlanganidan 10 kun o‘tsa ham kasallik alomatlari saqlanib qolgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga 47 806 nafar odam chalindi. 135 bemor shifo topgan bo‘lsa, 4 934 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi