Boris Jonson Esseks grafligidagi fojiaga munosabat bildirdi

Olam

image

Avvalroq, Buyuk Britaniya politsiyasi Esseks grafligining Greys shahridagi sanoat zonasida yuk mashinasi tirkamasidan 39 kishining jasadini topgani haqida xabar bergan edik.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson mamlakatning Esseks grafligidagi voqeadan hayratda qolganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti хабар bermoqda.

Jonson 40 ga yaqin muhojirlarning jasadi topilgan va qurbonlarning qarindoshlariga ta’ziya bildirmoqda. Esseks okrug politsiyasi bugun, 23 oktyabr kuni ertalab Bolgariyadan kelayotgan yuk mashinasida 39 kishining jasadini topdi.

Hodisa munosabati bilan 25 yoshli Shimoliy Irlandiya fuqarosi ushlandi.

"Esseksdagi ushbu fojiali voqeadan juda hayratda qoldim. Men Ichki ishlar vazirligidan muntazam ravishda ma’lumot olib turaman va nima bo‘lganini aniqlab olish uchun Esseks politsiyasi bilan yaqin hamkorlik qilaman. Hayolim barcha o‘lganlar va ularning yaqinlari bilan bog‘langan", deb yozdi Jonson o‘zining Twitter`dagi sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

Boris Jonson 39 kishining jasadi

Baholaganlar

41

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing