Boris Jonson Brexit to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Olam

image

Kecha, 24 yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda u o‘zining Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.

Mazkur qonunga ko‘ra, Buyuk Britaniya joriy yilning 31 yanvaridan YeI a’zosi bo‘lishni to‘xtatadi.

“Bugun men 31 Britaniya xalqining demokratik mandati hurmatiga 31 yanvarda YeIdan chiqish uchun Buyuk “Britaniyaning chiqishi to‘g‘risida”gi kelishuvni imzoladim”, degan Bosh vazir.

Jonson imzosi mamlakati tarixida yangi sahifadan darak berishini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Brexit haqidagi qonun loyihasini imzolagani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, 24 yanvarda Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Bryusselda kelishuvni imzolagan.

Ma’lumot uchun, hujjat Yevropa parlamentida 29 yanvarda ratifikatsiya qilinishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Brexit Boris Jonson

Baholaganlar

19

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing