Boris Yelsinning rafiqasi shoshilinch shifoxonaga yotqizildi

Olam

image

Bugun, 12 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti Boris Yelsinning rafiqasi Naina Yelsina zudlik bilan Moskvadagi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda "Mash" xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 91 yoshli Naina Iosifovna to‘satdan kasal bo‘lib qolgan. Ayolning ahvoli esa og‘irlashgani aytilmoqda. Maslahatlashuvlardan so‘ng, u shifokorlar nazorati ostida qoldirilgan.

Ma’lumot uchun, Naina Yelsina 1932 yilda Rossiyaning Orenburg viloyatida tug‘ilgan. U 1956 yilda Boris Yelsin bilan turmush qurgan bo‘lib, ularning Yelena va Tatyana ismli ikki qizi bor.

Yelsina hech qachon erining siyosiy ishlariga aralashmagan, faqatgina 1996 yilgi saylov kampaniyasida saylovchilar bilan uchrashib, ommaviy axborot vositalariga intervyu bergandi. Shu voqeadan so‘ng u 2007 yilning aprel oyida yana bir bor Yelsinning dafn marosimida omma oldida chiqish qilgan. 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Naina Yelsinani “Muqaddas Yekaterina” ordeni bilan mukofotlagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Boris El'tsin Naina El'tsina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing