Boris Yelsin ma’muriyatining sobiq rahbari Sergey Filatov vafot etdi
Olam
−
26 avgust 2023 5325 1 daqiqa
Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin ma’muriyatining sobiq rahbari Sergey Filatov 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda yozuvchi German Sadullayev Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Sergey Aleksandrovich Filatov vafot etdi, (Yelsin) ma’muriyatining sobiq rahbari. Biz uchun esa – “Lipki”ning (yosh yozuvchilar forumi) doimiy tashkilotchisi va ilhomchisi”, deb yozgan Sadullayev.
Sadullayev Filatovdan faqat yaxshi xotiralar qolganini aytib, minnatdorlik bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Filatov kecha, 25 avgust kuni vafot etgan.
Sergey Filatov 1936 yil 10 iyul kuni Moskvada tug‘ilgan. U 1990 yillarning boshlarida Boris Yelsin bilan Oliy Kengashda ishlagan. 1991 yil avgustdagi to‘ntarish paytida u mudofaa shtabining o‘rinbosari bo‘lgan.
Shuningdek, Filatov Prezident huzuridagi Ekspert-tahlil kengashi hamda Prezident huzuridagi Adabiyot va san’at sohasidagi Davlat mukofotlari komissiyasini boshqargan.
Davlat xizmatidan ketgach, Filatov 1996 yilgi saylovlarda Yelsinni qo‘llab-quvvatlovchi jamoat harakatiga rahbarlik qilgan. Bir yil o‘tgach, Filatov Ijtimoiy-iqtisodiy va intellektual dasturlar jamg‘armasi rahbari bo‘ldi.
Filatov Rossiya Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, Moskva Yozuvchilar uyushmasini boshqargan, shuningdek, Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Jamoat ilmiy maslahat kengashi hamraisi bo‘lib ishlagan.
Live
Barchasi