Xitoydan tobora g‘azablanyapman – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp dunyoda koronavirusning tarqalishi uning Xitoyga nisbatan g‘azabining kuchayishiga sabab bo‘lganini aytdi. U tegishli yozuvni kecha, 30 iyun kuniTwitter’dagi o‘z sahifasiga joylashtirdi.

"Pandemiya o‘zining xunuk yuzini butun dunyoga yoyayotganini, shu qatorda, Qo‘shma Shtatlarga katta zarar yetkazganini ko‘rib, Xitoydan tobora g‘azablanyapman. Odamlar buni ko‘rishlari mumkin va men buni his qila olaman", deb yozadi Oq uy rahbari.

Trump bir necha bor Xitoyning epidemiyani boshlashga javobgar ekaniga ishonishini aytdi. Vashington Pekinni virusning kelib chiqishi va infeksiya darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirishda ayblamoqda.

Xitoy tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Le Yuychen 29 aprel kuni NBC telekanaliga bergan intervyusida Pekin koronavirus haqida "hech qanday ma’lumotni yashirmaganini" aytdi. U "ba’zi siyosatchilar virus vaziyatidan Xitoyni qoralash uchun foydalanmoqda", deb afsus bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

614

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing