Bomba qo‘yilgani aytilgan samolyot Toshkentga qo‘ndi
Jamiyat
−
12 aprel 2022 14681 1 daqiqa
"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Minsk – Toshkent HY-710 reysi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan A320 havo kemasi Toshkent vaqti bilan 01:26 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni Minsk–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqqan Airbus A-320 samolyoti mina o‘rnatilgani haqidagi anonim xabardan keyin Domodedovo aeroportiga qo‘ndirilgandi.
Keyinroq “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati A320 havo kemasi Rossiya havo hududida bo‘lgan vaqtda aviakompaniya, shuningdek, Rossiya va Belarus aviatsiya xizmatlari xodimlarining e-mail manzillariga anonim manzildan havo kemasida bomba joylashgani haqida ma’lumot yuborilganini ma’lum qildi.
Shunga ko‘ra, havo kemasining yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari xavfsizligini ta’minlash maqsadida A320 havo kemasi komandiri samolyotni tekshirish va ko‘zdan kechirish maqsadida eng yaqin Domodedovo xalqaro aeroportiga qo‘nishga qaror qilgan.
Layner, yo‘lovchilar, ularning yuklari, yuk va pochta belgilangan tartibda tekshirilgach, havo kemasining minalashtirilgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr