Bolton: “Venesuelada generallar muxolifat bilan muzokaralar olib boryapti”

Olam

image

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Venesuela harbiylari muxolifat bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar berdi.

“Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlayotgan asosiy generallar, yetakchi shaxslar muxolifat bilan doimiy muloqotda bo‘lyapti”, degan Bolton.

Trampning maslahatchisi Venesuelada generallar soni 2 ming nafar ekanini, aynan shu hol korrupsiyaga yo‘l ochishini aytgan.

Maduro esa AQSHdan mamlakatini tinch qo‘yishni talab qilyapti.

“Donald Tramp Venesueladan qo‘lingni tort. Shunda Venesuela gullab-yashnaydi”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelada Xuan Guaydo o‘zini vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi. AQSH, Kanada va Lotin Amerikasining qator rivojlangan mamlakatlari Guaydoni prezident sifatida tan oldi.
 
Rossiya, Belarus, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador va Turkiya Maduroni qo‘llab-quvvatladi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish inqirozni hal qilish uchun tomonlarni muloqot o‘tkazishga chaqirdi.

Shvetsiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Avstriya, Niderlandiya, Germaniya va Fransiya Guaydoni 4 fevral kuni tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Jon Bolton

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing