Bollivud yulduzi Saif Ali Xon o‘z uyida pichoqlab ketildi

Madaniyat-san’at

image

Bollivudning mashhur 54 yoshli aktyori Saif Ali Xon o‘z uyida pichoqlab ketildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 16 yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs aktyor Saif Ali Xonning uyiga o‘g‘rilikka tushgan. Bundan xabar topgan xizmatkor uni to‘xtatishga harakat qilgan va janjallashib qolgan. Aktyor mojaroga aralashib, erkakni bo‘ysundirmoqchi bo‘lganida, u Saif Ali Xonga hujum qilgan. Bosqinchi aktyorga olti marta pichoq urgan, uning umurtqa pog‘onasi va bo‘yni chuqur jarohatlangan.

Voqea sodir bo‘lgan paytda 54 yoshli aktyordan tashqari uning 44 yoshli rafiqasi, aktrisa Karina Kapur Xon hamda ularning 7 va 3 yoshli o‘g‘li uyda bo‘lgan. Bolalar va ayol jabrlanmagan, biroq kinoyulduzning uch xodimidan biri ham hujumda yaralangan.

“Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Saif Ali Xon 1970 yilning 16 avgust kuni Hindistoning yangi Dehli shahrida tug‘ilgan. U 2012 yilda Karina Kapur bilan turmush qurgan. Hozirda ularning to‘rt nafar farzandi bor. Aktyor “Sen va men”, “O‘tkinchi dunyo”,”Salom namaste”, “Devona oshiq”, ”Poyga 2” filmlarida ijro etgan rollari bilan o‘zbek teletomoshabinlari orasida tanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bollivud Saif Ali Xon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing