Bollivud yulduzi Irfon Xon vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

“Sartarosh Billu” filmi orqali o‘zbek tomoshabiniga yaxshi tanish bo‘lgan hind aktyori Irfon Xon bugun, 29 aprel kuni 53 yoshida vafot etdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda. O‘z navbatida, ushbu xabarni Bollivudning qator yulduzlari, jumladan, Salmon Xon ham ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida e’lon qilgan.

Kanal bergan xabarga ko‘ra, 1967 yilda Jaypur shahrida tug‘ilgan Irfon Xon Mumbaydagi xususiy klinikada vafot etgan. Aktyor 2018 yildan beri saraton kasalligi bilan kurashayotgan edi.

Xon Bollivudda juda ko‘p filmlarda rol ijro etgan Shuningdek, G‘arb rejissyorlaridan tez-tez takliflar oladigan hind aktyorlaridan biri hisoblangan.

Irfon Xonni mashhur qilgan ilk film “Salom, Bombey (1998) bo‘ladi. U ishtirokidagi eng mashhur filmlar sirasiga “Jangchi” (2001), “Xarobadan chiqqan millioner”, “Nyu-York, seni yaxshi ko‘raman” (2008), “Pi hayoti” (2012), “Yangi o‘rgimchak odam” (2012), “Yura davri hayoti” (2015), “Inferno” (2016) va boshqalar kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Bollivud Irfon Xon

Baholaganlar

795

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar