Bolgariya Bosh prokurorining hayotiga suiqasd qilindi 

Olam

image

Kecha, 1 may kuni Bolgariya Bosh prokurori Ivan Geshevning korteji yaqinida kuchli portlash sodir etildi. Bu haqda “24 chasa” xabar berdi. 

Mamlakat Milliy tergov xizmati rahbari Boris Sarafovning aytishicha, portlash Bosh prokuror o‘tirgan avtomobilning yaqinida sodir bo‘lgan. Hodisadan keyin o‘tkazilgan brifingda portlash oqibatida hech kimga zarar yetmagani ma’lum qilingan. 

“Portlash Bosh prokuror mashinasining yaqinida amalga oshirildi. Portlovchi qurilma halok qiladigan darajada o‘rnatilgan. Unda taxminan 3 kilogramm trotil va zararli elementlar bor edi, portlash oqibatida diametri taxminan 3 metr va chuqurligi 40 santimetr bo‘lgan o‘ra hosil bo‘ldi”, deydi Sarafov. 

Sarafovning aytishicha, oilasi bilan ketayotgan Geshev qotillik nishoni bo‘lgan. Uning korteji yo‘lning burilish joyida tezlikni pasaytirganda undan 100 metr uzoqlikda portlash sodir bo‘lgan. 

Mahalliy OAVlarning xabariga ko‘ra, Geshevning mashinasi ostiga tomon yo‘naltirilgan portlovchi vosita masofadan turib boshqarilgan.  

Ayni paytda tergov harakatlari davom etayotgani, voqea joyidan bir necha daliliy ashyolar aniqlangani xabar qilingan. Portlash “professional tayyorlangan, yaxshi ijro” hamda terrorchilik harakati sifatida baholangan. Bosh prokuror, uning oilasi va xodimlariga baxtli tasodif sabab shikast yetmay qolgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuror suiqasd Bolgariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing