AQSH vs Eron. Mojaroga BMT Xavfsizlik kengashi aralashishi mumkin

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashini Eron tomonidan 2231-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq “Nur” harbiy sun’iy yo‘ldoshini uchirish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirmoqda. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat kotibi Maykl Pompeo gapirib o‘tdi.

“Eron o‘zining raketa dasturi harbiy sohaga aloqasi yo‘qligini, u tijoriy tarkibiy qism ekanligini doimo ta’kidlaydi. Bugungi parvoz (harbiy yo‘ldoshning uchirilishi) biz uzoq vaqtdan beri gaplashayotgan narsamizni tasdiqlaydi. Islom inqilobi posbonlari korpusi bugun raketa uchirdi. Buning tafsilotlari AQSH Mudofaa vazirligi bilan muhokama qilinadi”, dedi Pompeo.

“BMT Xavfsizlik Kengashining 2231-sonli rezolyutsiyasiga kelsak, har bir mamlakat Eronning bugungi harakati ushbu rezolyutsiyaga qanchalik mos kelishini baholash uchun BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilishi kerak”, dedi Davlat kotibi. Uning fikricha, Islom respublikasi o‘z harakatlari uchun javob berishi lozim.

Ma’lumot o‘rnida, bugun Eron o‘zining birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Uchish Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) tomonidan amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing