Bolaning yuziga tarsaki urgan sotuvchiga ish qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
22 iyul
10339Avvalroq, Sirdaryoda sotuvchi QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan sotuvchiga ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Guliston shahridagi savdo do‘koni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi) jamoat joyida so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik yuzasidan sodir qilgan xatti-harakatlari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudiga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Jondor tumanida eri xorijdan pul yubormagani uchun voyaga yetmagan chamasi 3-4 yoshlar atrofidagi ikki nafar egizak qizlarini kaltaklagan yol farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona sifatida ro‘yxatga olingandi.
LiveBarchasi