Bolalarsiz qolgan poyabzallar: Germaniyada G‘azo bolalarining ayanchli taqdiri yod etildi (fotoreportaj)
Olam
−
21 iyul 3782 2 daqiqa
Kecha, 20 iyul kuni Germaniyaning Gamburg shahrida G‘azo sektoridagi urush oqibatida halok bo‘lgan bolalar xotirasiga bag‘ishlangan ramziy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbir doirasida Gamburg shahridagi Gamburg shahar hokimligi binosi maydoniga 10 ming juft bolalar poyabzali va halok bo‘lgan bolalarning suratlari joylashtirilgan.

Mazkur installyatsiya orqali tashrif buyuruvchilar urush oqibatida eng katta talafotni bolalar ko‘rayotganini anglashi mumkin. Bir-biridan turli o‘lcham va rangdagi poyabzallar sukunat hukm surayotgan maydonda urush qurboniga aylangan bolalarni eslatadi.
.jpg)
Har bir juft poyabzal yoniga bolalarning suratlari qo‘yilgan. Tasvirlarda esa kichik oyoq kiyimlar va ularning egalarining chehralari yonma-yon joylashtirilganini ko‘rish mumkin.
.jpg)
Maydon markazidagi kichik stol ustiga esa chaqaloqning surati, yumshoq ayiqcha va jajji poyabzallar qo‘yilgan. Bu ramziy kompozitsiya urush oqibatida hayotdan ko‘z yumgan eng kichik yoshdagi bolalar xotirasiga bag‘ishlanganligini anglatadi. Bundan tashqari, yana yuzlab shunga o‘xshash chaqaloqlarning suratlari va ularning oyoq kiyimlarini ko‘rish mumkin.
.jpg)
Tarixiy bino qarshisidagi maydonning deyarli har qarichi bolalar poyabzallari bilan to‘ldirilgan.
Maydon markazida nemis tilidagi “Über 20.000 Kinder wurden getötet” (20 mingdan ortiq bola o‘ldirildi) degan yozuv e’tiborni tortadi. Uning atrofida ham bolalar suratlari, poyabzallar va o‘yinchoqlar joylashtirilgan.
.jpg)
Yana ayrim tasvirlarda mushugi bilan xursand holda tushgan bolaning, boshqa bir tasvirda esa qo‘lida gul ushlab tabassum qilayotgan bolaning portretini ko‘rish mumkin.
.jpg)
Kichik krossovkalar, etiklar, sandal va shippaklar yoniga qo‘yilgan bolalar suratlari urush ortida oddiy bolalarning taqdiri turganini eslatadi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust