Bolalarni emlamaslikning xavfli oqibatlari aytildi

Salomatlik

image

Bolalarni vaksinatsiya qilinmasa, kelajakda onkologiya, bepushtlik va o‘limga olib kelishi mumkin. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, pediatr Irina Dobretsova URA.RU portaliga bergan intervyusida aytdi.

Misol tariqasida mutaxassis meningokokk infeksiyasini keltirdi. Tegishli emlash amalga oshirilmagan bo‘lsa, infeksiyalanganida, yuqori harorat va toshma paydo bo‘ladi va bolani shifoxonaga olib borishga vaqt bo‘lmaydi va u o‘ladi.

Shifokor, shuningdek, miya pardalariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan suvchechakni ham eslatgan.

“Farzandingiz hali tushunmaganda uni himoya qilmaslik jinoyatdir”, deya xulosa qildi Dobretsova.

Bolalarni yuqumli kasalliklardan himoya qilishning eng samarali va ba’zan yagona usuli bu emlashdir. Bu bolalar va o‘smirlarni ko‘plab kasalliklardan, jiddiy asoratlardan va hatto o‘limdan qutqaradi. Vaksinaning tanaga kiritilishi tufayli bolada immunitet paydo bo‘ladi. Patogen bilan uchrashganda, bolalar kasal bo‘lib qolmaydi yoki yengil alomatlar bilan xalos bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing